Qish ziynatining sharofati bilan mana ikkinchi haftadirki qonuniy dam olish kuni bo`lgan SHANBAda men ham dam olmoqdaman. Qor yog`maganida esa ish va dam olish kunlarimiz bir-biridan farq qilmaydi. Hali yosh bo`lganimiz uchunmi bilmadim, har holda mehnat qilishdagi haq-huquqlarimizni talab qilishimiz mumkin emas ekan. Na iloj, o`sha vaqt kelgunicha faqat duo qilamiz: "Ko`proq qor yog`sin shanbada!" - deb.
суббота, 8 февраля 2014 г.
среда, 22 января 2014 г.
Matmussaning qalpog`i
Qalpoq oldi Matmusa,
Qalpoq desa - qalpoqday.
Uni kiyib Matmusa,
Yigit bo'ldi chaqmoqday.
O'nta qo'yga arziydi,
Yaraqlashi bir jahon.
Bir qarasang - suvsardek,
Bir qarasang - olmaxon.
Qalpoq emas - ertak u,
Qalpoq emas - tilla toj!
Qo'ying-chi, restoranda
Yuvmasa hech yo'q iloj.
Kirdilar, o'tirdilar,
Buyurdilar aroqni .
Dono Matmusa uchun,
Ichdilar bosh qadahni.
Qalpoqqa teri bergan,
Suvsar uchun ichdilar.
Shunday qalpoqni sotgan,
Ovsar uchun ichdilar.
Eslanmagan qishloqning
Itigacha qolmadi .
Maqtalmagan qalpoqning,
Ipigacha qolmadi .
Xo'p ichdilar o'ylamay,
Hisob-kitob qilmoqni.
Oxirida pul yetmay,
Topshirdilar qalpoqni.
Qalpoq desa - qalpoqday.
Uni kiyib Matmusa,
Yigit bo'ldi chaqmoqday.
O'nta qo'yga arziydi,
Yaraqlashi bir jahon.
Bir qarasang - suvsardek,
Bir qarasang - olmaxon.
Qalpoq emas - ertak u,
Qalpoq emas - tilla toj!
Qo'ying-chi, restoranda
Yuvmasa hech yo'q iloj.
Kirdilar, o'tirdilar,
Buyurdilar aroqni .
Dono Matmusa uchun,
Ichdilar bosh qadahni.
Qalpoqqa teri bergan,
Suvsar uchun ichdilar.
Shunday qalpoqni sotgan,
Ovsar uchun ichdilar.
Eslanmagan qishloqning
Itigacha qolmadi .
Maqtalmagan qalpoqning,
Ipigacha qolmadi .
Xo'p ichdilar o'ylamay,
Hisob-kitob qilmoqni.
Oxirida pul yetmay,
Topshirdilar qalpoqni.
Shoir Gulmat ijodidan
Faranglardin olib ta’lim Shoshga qaytmish bir olimcha,
Burun ustinda aylong’on buraq sochi soqolimcha.
Boshimni irg’asam g’ayri lisonda ul dedi “banjo’r”,
Tavakkaldin dedim “mixlo’sh” manam o’zimni holimcha.
So’g’in ayni bo’lib Luqmon oni qattiq sinov qildim,
Javobi bo’lmadi oqil mani dono savolimcha.
Desam ya’ni:”Farang bozorida chanpul kovush-mahsi?”
Dedi:”Bo’lsa tasodifon, tekin turg’aydi monimcha.
Yo’talmoq ham bozorda pulligin qaydin tushung’ay ul,
Boshig’a shuncha jun to’plab aql yig’mabdi molimcha.
Fahmsiz boyni o’g’lidun nechuk olimchiqur, Gulmat,
Otosi sallador zolim, buyam shapkoda zolimcha!
Burun ustinda aylong’on buraq sochi soqolimcha.
Boshimni irg’asam g’ayri lisonda ul dedi “banjo’r”,
Tavakkaldin dedim “mixlo’sh” manam o’zimni holimcha.
So’g’in ayni bo’lib Luqmon oni qattiq sinov qildim,
Javobi bo’lmadi oqil mani dono savolimcha.
Desam ya’ni:”Farang bozorida chanpul kovush-mahsi?”
Dedi:”Bo’lsa tasodifon, tekin turg’aydi monimcha.
Yo’talmoq ham bozorda pulligin qaydin tushung’ay ul,
Boshig’a shuncha jun to’plab aql yig’mabdi molimcha.
Fahmsiz boyni o’g’lidun nechuk olimchiqur, Gulmat,
Otosi sallador zolim, buyam shapkoda zolimcha!
суббота, 11 января 2014 г.
Ishimiz tushmasin!
Bugun aksariyat tashkilotlarga biror
yumush bilan murojaat etishimizga to`g`ri kelsa, u yerda bizni kutadigan
muammolarni o`ylab, xayolimizdan “Qani endi shu tashkilotda mening qarindoshim
yoki tanishlarimdan biri ishlasa…” degan o`y o`tishi tayin. Ayniqsa, navbat
kutishga to`g`ri keladigan joylarda xuddi shunday bo`ladi. Buning sababi
nimada? Bunday yoqimsiz holatlar qachongacha davom etadi?
Menimcha buning sababi huquqiy
savodxonligimizning past darajada ekanligida. Qayergadir murojaat qilib
borishdan oldin “Fuqarolar murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston
Respublikasining Qonuni bilan yaxshi tanishmagan bo`lamiz va natijada ayrim
hollarda vaqtimizni yo`qotamiz, ba`zida esa asab tolalarimizni qurbon qilamiz.
Men sizlarga ushbu muammolarning eng
oson va asosiysi sinalgan yechimini taklif etaman. Bu www.my.gov.uz
– interaktiv davlat xizmatlari portalidir. Ushbu portal orqali siz istalgan
davlat tashkilotiga murojaat yo`llashingiz mumkin bo`ladi va juda qisqa
muddatda javob ham olasiz, eng asosiysi navbat kutmaysiz. Ishonmasangiz sinab
ko`ring.
пятница, 10 января 2014 г.
"Ustoz"lar
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan
zamonimizga ko`z tegmasin! U qanchalar tezlik bilan ildamlamasin, xalqimizning
ayrim azaliy asl an’analari, qadriyatlari, urf-odatlari o`z ta’sirini yo`qotmay
avloddan-avlodga o`tib kelmoqda. Ulardan biri “Ustoz-shogird” an’anasidir.
Yoshmiz, o`z ishimizda
muvaffaqiyatga erishishimiz uchun tajribali, o`z ishining ustasi bo`lgan katta
avlod vakillarining yordamiga, maslahatiga muhtojlik sezamiz. Ana shu
ustozlarimiz o`z tajribalarini biz bilan o`rtoqlashib, qandaydir yutuqlarga
erishishimizga sababchi ham bo`lyaptilar. Biroq, qachongacha yosh kadrning
o`zlaridan ilgarilab ketishiga qarshi kurashadi bular?! Qachongacha yo`llarimizga
g`ov bo`lib yurishadi?! Ularning bizni rahbarga “maqtash”dan boshqa qiladigan
ishlari yo`qmi? To`g`ri, biz bu holatlarda toblanib, o`z ustimizda yanada
ko`proq ishlab, bilim va tajribamizni orttirib boramiz. Meni qiynaydigan eng
asosiy savol boshqa: mana shunday ustozlar qo`lida kamol topib, ertaga biz ham
farzandlarimizdan-da yosh bo`lgan kadrlarga qarshi ayovsiz kurashamizmi?
четверг, 9 января 2014 г.
Xayrli ish boshlasak...
Assalomu aleykum qadrli o`quvchi! Bugun yaxshi niyat qilib ilk bor blog ochishga qaror qildim. Ushbu blog iloji boricha hamma uchun foydadan holi bo`lmasligiga harakat qilaman! Uzbloggerlar tanlovida men ham o`z omadimni sinab ko`rmoqchiman. Barchangizga omad yor bo`lsin!
Подписаться на:
Сообщения (Atom)