Shiddat bilan rivojlanib borayotgan
zamonimizga ko`z tegmasin! U qanchalar tezlik bilan ildamlamasin, xalqimizning
ayrim azaliy asl an’analari, qadriyatlari, urf-odatlari o`z ta’sirini yo`qotmay
avloddan-avlodga o`tib kelmoqda. Ulardan biri “Ustoz-shogird” an’anasidir.
Yoshmiz, o`z ishimizda
muvaffaqiyatga erishishimiz uchun tajribali, o`z ishining ustasi bo`lgan katta
avlod vakillarining yordamiga, maslahatiga muhtojlik sezamiz. Ana shu
ustozlarimiz o`z tajribalarini biz bilan o`rtoqlashib, qandaydir yutuqlarga
erishishimizga sababchi ham bo`lyaptilar. Biroq, qachongacha yosh kadrning
o`zlaridan ilgarilab ketishiga qarshi kurashadi bular?! Qachongacha yo`llarimizga
g`ov bo`lib yurishadi?! Ularning bizni rahbarga “maqtash”dan boshqa qiladigan
ishlari yo`qmi? To`g`ri, biz bu holatlarda toblanib, o`z ustimizda yanada
ko`proq ishlab, bilim va tajribamizni orttirib boramiz. Meni qiynaydigan eng
asosiy savol boshqa: mana shunday ustozlar qo`lida kamol topib, ertaga biz ham
farzandlarimizdan-da yosh bo`lgan kadrlarga qarshi ayovsiz kurashamizmi?
Комментариев нет:
Отправить комментарий